Foto: WKYS Channel 3
Minnesota shtatida yo‘ltanlamas va samolyot ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dvigateli ishlamay qolgan samolyotning 52 yoshli uchuvchisi Kreyg Gifford uchish qurilmasini avtomobil trassasiga qo‘ndirishga qaror qilgan. Biroq barchasi oson kechmagan: bir motorli yengil Bellanca Viking samolyoti Ford Explorer’ga borib urilgan, deb xabar beradi Motor.
Yo‘ltanlamas orqasiga samolyot kelib urilgan vaqtda o‘z yo‘nalishi bo‘ylab shoshmasdan harakatlanayotgan bo‘lgan: Explorer qanot zarbasining kuchidan 180 darajaga burilib ketgan. Mahalliy OAVning yozishicha, Bellanca Viking’ni aviafristayl bo‘yicha bellashuvlarda ko‘p marotaga ishtirok etgan tajribali uchuvchi boshqargan. Biroq avariyadan qochishning imkoni bo‘lmagan — samolyotning qanotlari bilan uzunligi 10,4 metrga yetadi, shu sababli u shossening uchala bo‘lagini ham to‘sib qo‘ygan.
Baxtli tasodif tufayli to‘qnashuv u qadar katta tezlikda sodir bo‘lmagan va hech kimga jarohat yetmagan.
Samolyot ichida Gifforddan tashqari bir ayol ham bo‘lgani aytilmoqda. Avariyaga uchragan Bellanca Viking va shikast yetgan Ford Explorer trassani yopib qo‘ygani sabab politsiya avariya oqibatlari bartaraf etilgunga qadar harakatni vaqtincha yopib qo‘ygan. Hodisa joyiga evakuator yetib kelib, samolyotni tortib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ford kompaniyasi o‘z xodimlari uchun «ijtimoiy masofalanishi»ga yordam beradigan «aqlli» soatni taqdim etdi

2018 yilning eng ommaviy Android-smartfonlari ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yangi «Oson» nomli to‘lov tizimi ishga tushdi

15 dekabr – Google Chrome eng ommabop brauzerga aylangan sana

“Beeline” O‘zbekistondagi “Eurasia Mobile Challenge” g‘oliblarini e’lon qiladi

OAV: “Microsoft” o‘zining yangi brauzerini 21 yanvarda taqdim etishi mumkin