08:30 / 06.12.2020
4 262

AQShda dunyodagi eng katta dron yaratildi (video)

AQShda dunyodagi eng katta dron yaratildi (video)
Foto: Aevum
AQShning Aevum kompaniyasi orbitaga sun’iy yo‘ldoshlarni olib chiqishga qodir keng o‘lchamli uchuvchisiz boshqariladigan Ravn X apparatini taqdim etdi, deb xabar beradi New Atlas.

Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmaning uzunligi 24 metrga, balandligi esa 5,5 metrga yetadi. Bitta qanotining uzunligi 18 metrga teng. Dron samolyotlarda ishlatiladigan oddiy yoqilg‘i hisobiga harakatga keladi.

Ta’kidlanishicha, Ravn X deyarli har qanday ob-havo sharoitida parvoz qila oladi, dronning 70 foiz detallaridan bir necha marotaba foydalanish mumkin.

Foto: Aevum

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShda dunyodagi eng katta dron yaratildi (video)