23:30 / 11.12.2020
3 615

Nokia o‘zining yangi ixcham smartfonini namoyish etdi

Nokia o‘zining yangi ixcham smartfonini namoyish etdi
Foto: TENAA
HDM Global kompaniyasi 5,45 dyuymli ekranga ega yangi Nokia smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi IXBT.
Smartfonning internetda tarqalgan suratlaridan ko‘rish mumkinki, u hamyonbop sinfga kiradi. Qurilmaning eskirgan dizayni va ekranning frontal kamera joylashgan yuqori qismidagi juda katta bo‘lgan hoshiya bundan dalolat berib turibdi.

Xitoyning TENAA regulyatori Nokia TA-1335 model raqamli smartfonning ishlab chiqarilishini ma’qullagan. Taxminlarga ko‘ra, u Nokia C1 Plus nomi ostida taqdim etiladi. Smartfon surati birinchi rasmiy tasvirga mos keladi.

Foto: TENAA
Qurilmaning og‘irligi 122 gramm bo‘lib, o‘lchami 149,1x71,2x8,75 millimetrni tashkil etadi. Telefon ikki xil — to‘q ko‘k va shampan rangida taqdim etilishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfon 720x1440 pikselli 5,45 dyuymga teng ekranga ega bo‘ladi. U 1,4 gigagers takt chastotasiga ega bir kristalli tizim va 2 gigabayt ichki xotiraga ega. Operatsion tizim sifatida Android 10 o‘rnatilgan, biroq gap Android 10 Go Edition haqida ketayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Nokia TA-1335 3 megapikselli frontal va 5 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi. Akkumulator sig‘imi esa 2500 mA/soatga teng. Smartfonning rasmiy anonsi 15 dekabrga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia o‘zining yangi ixcham smartfonini namoyish etdi