18:18 / 29.12.2020
2 664

Eng yaxshi yordamchi: robot-changyutgich haqida 5 ta qiziqarli ma’lumot

Eng yaxshi yordamchi: robot-changyutgich haqida 5 ta qiziqarli ma’lumot
Foto: «Lisa»
Robot-changyutgichlar 2000 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan. O‘shandan buyon ko‘pchilik ushbu zamonaviy maishiy texnikadan foydalanib kelmoqda. Ayrimlar ushbu qurilmaga ishonchsizlik bildirgan bo‘lsa, yana ba’zilarni uy tozalash mas’uliyatidan butunlay xalos qiladi. Ushbu qurilmani chindan ham ham yaxshi yordamchi bo‘la olishi mumkinligi haqida 5 ta ma’lumot bilan tanishing.

Qulaylik
Zamonaviy robotlashtirilgan changyutgichlar darajalab sozlash funksiyasi bilan jihozlangan. Agar ushbu qurilma ishga tushgandan so‘ng kuzatuvchi boshqa ish bilan band bo‘lsa, unga minimal darajani o‘rnatish mumkin. Qurilma, masalan, 600 paskalda deyarli tovushsiz ishlaydi.

Intellekt
Robot-changyutgichlarga shunchaki devorga uriladigan disk deb qaramaslik kerak. U o‘zida 5 ta xona xaritasi va 7 ta yo‘nalishni saqlab qolish imkoniga ega. Ehtimol, uy egasidan ham ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.

Tozalash turlari
Qurilma orqasidan kim polni yuvishi mumkin? Albatta, hech kim. Bu kabi turdagi qurilma xohishga ko‘ra, quruq, nam va aralash ish rejimlarida ishlaydi.

Foto: Pinterest
Boshqaruv
Changyutgichlarni boshqarishda qiyinchilik bo‘lmasligi shubhasiz. Chunki ularning mobil ilovasi ham mavjud. Ularni tushunish esa juda oson. Boshqaruv orqali sozlamaga changyutgich kirishi mumkin bo‘lmagan joylarni belgilab qo‘yish kifoya.

Quvvat darajasi
Oxirgi ma’lumot robot-changyutgichlarning samaradorligiga shubha qiladiganlar uchun. Bu kichkina yordamchilarning quvvati juda yuqori. Uning quvvat darajasi 2600 paskalgacha ko‘tarilishi mumkin. Umuman olganda, oddiygina robot-changyutgich bilan uzoq va toza havodan nafas olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eng yaxshi yordamchi: robot-changyutgich haqida 5 ta qiziqarli ma’lumot