23:10 / 06.01.2021
2 697

Kriptovalyutalar tarixiy rekordlarni yangilamoqda. O‘zbekistonda bu boradagi vaziyat qanday?

Kriptovalyutalar tarixiy rekordlarni yangilamoqda. O‘zbekistonda bu boradagi vaziyat qanday?
Foto: hi-tech.ua
Binance kriptobirjadagi bitkoin kursi sutkasiga 6 ming dollarga ko‘tarilib, tarixiy maksimumni yangilab, 35,7 ming dollarga yetdi, deb xabar bermoqda Spot.

Buning ketidan AQSH dollariga bog‘langan steyblokoinlarni, shuningdek, 1 foizga arzonlashgan XRP tokenni hisobga olmaganda kapitallashuv bo‘yicha deyarli barcha eng yirik altkoinlar narxi qimmatlashmoqda.

Xususan, Ethereum 2018 yil fevralidan beri birinchi marta 1000 dollardan oshdi. Kapitallashuvi 130 milliard dollarni tashkil etadigan kriptovalyuta 1135 dollarga teng. O‘tgan sutka davomida raqamli tanga 58 foizga qimmatlashdi va yil davomida o‘sishi 730 foizni tashkil etdi.

Sotish mumkin, sotib olish — yo‘q
O‘zbekistondagi kriptoaktivlar muomalasi bo‘yicha faoliyat litsenziyalanishi, operatsiyalar esa 2020 yil boshida ochilgan kriptobirjada amalga oshirilishi kerak. Unda mamlakat aholisi ishlab topgan kriptoaktivlarni faqat chet elliklarga sotishi mumkin.

Aholining moliyaviy savodxonligi pastligi sababli birjada kriptovalyutani sotib olishga ruxsat berilmadi. Kriptobirjani chetlab o‘tib, kriptovalyuta bilan savdo-sotiq qilish jinoyat hisoblanadi.

Jumladan, 2020 yil yozida Toshkentda bitkoin savdosi bilan shug‘ullangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining ikki moddasi — 177 (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190 (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘sha yilning kuzida poytaxtda oldi-sotdi bitimi paytida bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanganlar qo‘lga olindi.

Tariflar bor, ammo legalizatsiya yo‘q
Sotib olishning iloji yo‘qligi sababli faqat kriptovalyuta ishlab topish davom etmoqda — 2020 yil bahorida maynerlarga hatto elektr energiya uchun oshirilgan tariflar bo‘yicha to‘lov qilish sharti qo‘yildi. Ammo mayning bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilarni aniqlash va ularga ushbu tarifni qo‘llash tartibi ishlab chiqilmadi.

Maynerlarni majburiy a’zosi bo‘lish sharti bilan Uzbekistan Cryptocurrency Mining Pool mayning-pulni yaratish orqali legallashtirish rejalashtirilgandi, ammo tegishli hujjat hali qabul qilinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kriptovalyutalar tarixiy rekordlarni yangilamoqda. O‘zbekistonda bu boradagi vaziyat qanday?