16:30 / 22.01.2021
2 095

Olimlar koronavirusning birinchi haqiqiy 3D modelini namoyish etdi (video)

Olimlar koronavirusning birinchi haqiqiy 3D modelini namoyish etdi (video)
Foto: Nanographics
Nanographics kompaniyasi mutaxassislari (Vena texnika universiteti) birinchi bor SARS-CoV-2 koronavirusining uch o‘lchamli suratini yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi «News.mail.ru».

Olimlar o‘zi ishida koronavirusning zarar yetmagan zarralarini ajratib olib, skanerlagan va uni raqamli formatda saqlashga erishgan Pekinning Sinxua universitetidagi hamkasblari ma’lumotlaridan foydalangan. Xitoylik mutaxassislar boshoqli oqsillari tuzilmasiga deyarli o‘zgartirish kiritilmagan virusning haqiqiy namunalarini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Skanerlash asosida olingan ma’lumotlar yordamida Nanographics SARS-CoV-2’ning uch o‘lchamli suratini yaratgan bo‘lib, uning yordamida virusning aholida ekzemplyarlarini ko‘rish mumkin. Bu koronavirusning birinchi haqiqiy 3D tasviri hisoblanadi. Bunga qadar faqat kompyuter modellaridagi tasvirlardan foydalanilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiyaning ilmiy vizualizatsiya bilan shug‘ullanuvchi Visual Science studiyasi SARS-CoV-2 koronavirusining eng batafsil 3D modelini yaratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar koronavirusning birinchi haqiqiy 3D modelini namoyish etdi (video)