12:30 / 31.01.2021
2 330

Musulmonlarga mo‘ljallangan telefon ilovalari qanchalik ishonchli?

Musulmonlarga mo‘ljallangan telefon ilovalari qanchalik ishonchli?
Musulmonlarga mo‘ljallangan yana bir nechta telefon ilovalari AQSH maxsus xizmatlari foydalanuvchilarni kuzatishiga imkon beradigan mexanizmlardan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Amerika-Islom aloqalari kengashining bildirishicha, X-Mode ma’lumotlar brokeri bilan ishlab kelgan kamida beshta ilova aniqlangan. Bu kompaniya esa ma’lumotlarni AQSH Mudofaa vazirligi buyurtmalarini bajaruvchi firmalar bilan bo‘lishgan. “Namoz vaqtiga qancha qolganini bilish uchun ilovadan foydalangan musulmon davlatning kuzatuviga tushmasligi kerak”, – deydi Amerika-Islom aloqalari kengashi direktori Nixad Avad.

Vice nashrining yozishicha, AQSH maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi bir qator ilovalar foydalanuvchilarining geolokatsiyasini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu ilovalar quyidagilardir: Prayer Times, Qibla Finder va Qibla Compass. Bulardan oxirgisi Google Play Store dan 5 million martadan ortiq yuklab olingan.

Avvalroq Muslim Pro va Salaat First ilovalari foydalanuvchilarining ma’lumotlari ham AQSH maxsus xizmatlari qo‘liga tushgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Musulmonlarga mo‘ljallangan telefon ilovalari qanchalik ishonchli?