16:00 / 19.02.2021
1 659

Inson organizmidagi jarayonlarni monitoring qiladigan mitti qurilma yaratildi

Inson organizmidagi jarayonlarni monitoring qiladigan mitti qurilma yaratildi
Foto: New Atlas
Kaliforniya universiteti olimlari bir vaqtning o‘zida inson tanasidagi kimyoviy, fizik va elektrofiziologik signallarni aniqlay oladigan pochta markasidek keladigan yangi qurilmani yaratdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

«Mazkur qurilma — elastik polimerlarning yupqa qavati bo‘lib, u teriga qotiriladi. Uning ichiga qon bosimi datchigi, terdagi sut kislotasi, kofein va alkogol darajasini aniqlay oladigan kimyoviy sensor, to‘qimalar suyuqligidagi qand miqdorini o‘lchaydigan datchik o‘rnatilgan. Qurilma tashqi quvvat manbayiga ulanadi», — deyiladi qurilma izohida.

Ma’lum qilinishicha, qon bosimi datchigi ultratovush signallarni tana to‘qimalari orqali yuboradi va arteriyada hosil bo‘lgan aks-sadoni sensorlar sezib, uni qurilmadagi ko‘rsatkichlarga aylantiradi. Kimyoviy datchik teriga ter orqali kirib boradigan dori vositalarini sepadi va shu orqali ushbu vositalar darajasini o‘lchaydi. Glyukoza datchigi xuddi shu maqsadda to‘qimalar suyuqligiga kuchsiz elektr tokini yo‘naltiradi. Ushbu datchiklarning barchasi bir-biriga xalaqit qilmasligi uchun tartib bilan polimer plastirga joylashtirilgan.

«Mazkur ixtiro gipertoniya yoki diabet bilan og‘rigan insonlarga, shuningdek, doimiy bemorlar hayotining muhim ko‘rsatkichlarini monitoring qilish kerak bo‘ladigan intensiv terapiya palatalariga yordam berishi mumkin», — deydi olimlar.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, hozirda mutaxassislar qurilmaning yanada ko‘proq datchiklarga ega yangi versiyasi ustida ish boshlagan bo‘lib, uni simsiz qurilmaga aylantirishga umid qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Inson organizmidagi jarayonlarni monitoring qiladigan mitti qurilma yaratildi