07:00 / 03.03.2021
1 856

AQSH kompaniyasi xususiy kosmik mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda

AQSH kompaniyasi xususiy kosmik mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda
Foto: Orbital Assembly
Orbital Assembly Corporation kompaniyasi Voyajer loyihasi - sun’iy gravitatsiyali ilk orbital mehmonxona to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi, deb yozadi Space.com.

Voyajer stansiyasi konsepsiyasini bir paytlar mashhur olim, NASA Apollon dasturi asoschilaridan biri Verner fon Braun o‘ylab topgan.
Konsepsiyaga ko‘ra, 200 metrli halqa yo‘lovchilar uchun sun’iy gravitatsiya hosil qilgan holda aylanib turadi.

Stansiya 400 nafargacha kishini sig‘dira oladi. Unda restoran, bar, tomosha zali, kinoteatr va konsert maydonchasi, kutubxona, sport zali va spa-salonlar joylashadi. Mehmonlar o‘lchami 20x12 metr bo‘lgan 24ta modulda yashaydi.

Kompaniya Mars yaqinida diametri 61 metrli halqa prototipini quradi. Konstruksiyani STAR roboti yig‘adi. U dastlab Kaliforniyada sinovdan o‘tkaziladi.

Konsepsiya g‘oyasiga ko‘ra, mehmonxona kosmik turistlar, olimlar va kosmik agentliklar uchun mo‘ljallangan.
Kompaniya stansiya qurilishini 2025 yilda boshlab, bir necha yil ichida yakuniga yetkazishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSH kompaniyasi xususiy kosmik mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda