Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Samsung kompaniyasi himoyalangan korpus va oddiy texnik tavsiflarga ega hamyonbop Galaxy XCover5 modelini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Galaxy XCover 5 noqulay ob-havo sharoitida ishlashga mo‘ljallangan — u zarblardan, havo haroratining keskin o‘zgarishidan, chang va namlikdan qo‘rqmaydi. Ekranning ancha sezgir ishlashi uchun maxsus rejim ham bor bo‘lib, uni qo‘lqopda ham boshqarish mumkin.
Zamonaviy smartfonlardan farqli o‘laroq, Galaxy XCover 5’ning qopqog‘i yechiladi — uni osonlikcha ochish va akkumulatorni almashtirish mumkin. Yechiladigan akkumulator va himoya korpusi olib tashlansa,u juda ham hamyonbop, oddiy smartfonga aylanadi.
Qurilmaga HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 5,3 dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, smartfon Exynos 850 protsessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotirada ishlaydi. Akkumulator sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lib, 15 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.
XCover 5 birinchi navbatda korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan, sotuvga esa shu yilning martida chiqadi. Avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, smartfon narxi 300 yevro atrofda bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Samsung 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng hamyonbop smartfonni taqdim etdi

Samsung akkumulator sig‘imi 7000 mA/soatga teng yangi smartfonini taqdim etadi

Samsung Galaxy S20 Ultra sotib olganlar ekrandagi yashil dog‘lardan shikoyat qilmoqda

Galaxy Note10 haqida dastlabki ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi

«Samsung Galaxy S10» va «Note 9»: yangi flagmanlarning o‘ziga xosligi nimada?

Samsung harbiy standartlar asosidagi smartfonni taqdim etdi