09:00 / 08.03.2021
2 180

Meizu kompaniyasi 18 va 18 Pro flagmanlarini taqdim etdi

Meizu kompaniyasi 18 va 18 Pro flagmanlarini taqdim etdi
Foto: GSMarena
Meizu kompaniyasi ikkita flagman smartfoni — 18 va 18 Pro modellarini taqdim etdi. Ular shisha va metalldan ishlangan korpus, Snapdragon 888 protsessori va Samsung Galaxy S21’dagi kabi ekranga ega bo‘lgan, deb yozadi «Afisha.uz».

Meizu 18 modeli diagonali 6,2 dyuymli ekranga ega bo‘lgan, 18 Pro’ga esa 6,7 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Ikkala modelda ham displeylardagi piksellar soni 3200x1440, tasvirning yangilanish chastotasi 24 gersdan 120 gersgacha, sensor qatlami so‘rovining chastotasi — 240 gers. Shuningdek, ekranlar HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlaydi va egasini 0,1 soniyada tanuvchi barmoq izi skaneriga ega. Yorug‘likning eng yuqori nuqtasi — 1300 nit.

Foto: GSMarena
Yangi modellar o‘zidan oldingi avlodlar bilan taqqoslaganda, mEngine 4.0 taktil «dvijogi», stereodinamiklarga ega bo‘lgan, chang va namlikdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. 20 megapikselli frontal kamerasi displeyning yuqori qismidagi qirqimga o‘rnatilgan.

Meizu 18 kameralari:
asosiy — 64 Mp, Sony IMX682 datchigi;
ultra keng burchakli — 16 Mp, Samsung SS5K3P9SX, 130 daraja;
telefoto — 8 Mp, OmniVision OV08A10 datchigi, uch karra zum.

Foto: GSMarena
Meizu Pro kameralari:
asosiy — 50 Mp, Samsung GH1 datchigi;
ultra keng burchakli — 32 Mp, Sony IMX616 datchigi, 130 daraja;
telefoto — 8 Mp, OmniVision OV08A10 datchigi, uch karra zum;
3D-kamera — 3 Mp, Samsung S5K33D datchigi.

Foto: GSMarena
Smartfonlarga Snapdragon 888 protsessori, 8 yoki 12 gigabaytli standar LPDRR5 tezkor xotirasi, shuningdek, 128 yoki 256 gigabaytli ichki xotira o‘rnatiladi. Meizu 18 akkumulator sig‘imi 4000 mA/soatni tashkil etadi va 36 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega, 18 Pro’dagi akkumulator esa 4500 mA/soat va 40 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud.

Meizu 18’ning Xitoydagi narxlari:
Meizu 18 8/128 Gb — 680 dollar;
Meizu 18 8/256 Gb — 727 dollar;
Meizu 18 12/256 Gb — 774 dollar;
Meizu 18 Pro 8/128 Gb — 774 dollar;
Meizu 18 Pro 8/256 Gb — 850 dollar;
Meizu 18 Pro 12/256 Gb — 928 dollar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Meizu kompaniyasi 18 va 18 Pro flagmanlarini taqdim etdi