17:37 / 17.03.2021
2 119

Apple barmoqlarga taqiladigan o‘zining yangi qurilmasini namoyish etdi

Apple barmoqlarga taqiladigan o‘zining yangi qurilmasini namoyish etdi
Foto: Gizmochina
Apple virtual reallik garniturasini yaratish ustida ish olib borayotgani anchadan buyon ma’lum. Hi-Tech.Mail.ru ushbu garniturani boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi borasidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Apple’ning yangi patentida uzuk ko‘rinishidagi bir juft kontroller namoyish etilgan. Suratdan ko‘rish mumkinki, foydalanuvchi qurilmani bosh va ko‘rsatkich barmog‘iga taqadi. Uning yordamida foydalanuvchining imo-ishoralari hisobga olinadi — ular VR-qurilmani boshqarishda buyruqlar sifatida qabul qilinadi.

Garnituraning o‘zi qachon taqdim etilishi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Bloomberg’ning yozishicha, yangi qurilma 2022 yilda paydo bo‘lishi mumkin.

Hozirda ushbu garnitura uchun kuchli protsessor tayyorlanmoqda, u M1 bazasida ishlashi taxmin qilinmoqda. Displey hozirda mavjud VR mahsulotlaridan ko‘ra yaxshiroq tiniqlikka ega bo‘ladi. Bu esa uning narxiga ta’sir ko‘rsatadi: qurilma Facebook’ning Oculus, Sony’ning PlayStation VR yoki HTC garniturasidan ko‘ra qimmatroq bo‘ladi (ularning narxi 300 dan 900 dollar oralig‘ida).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple barmoqlarga taqiladigan o‘zining yangi qurilmasini namoyish etdi