20:23 / 12.04.2021
2 666

iPhone egalariga Meizu 18 modelini bepul sinab ko‘rish tavsiya etilmoqda

iPhone egalariga Meizu 18 modelini bepul sinab ko‘rish tavsiya etilmoqda
Foto: IXBT
Xitoyning Meizu kompaniyasi iPhone egalarini o‘ziga jalb etishga urinmoqda. Ishlab chiqaruvchi iPhone foydalanuvchilariga Meizu 18 va Meizu 18 Pro flagmanlarini bepul sinab ko‘rishni tavsiya etyapti, deb xabar beradi IXBT.

Smartfonlarni bepul sinovdan o‘tkazishda quyidagi hollarda ruxsat beriladi:
  • hech qachon Meizu smartfonlaridan foydalanmagan iPhone egalari;
  • kichikroq ekranga ega flagmanlarni ma’qul ko‘ruvchi foydalanuvchilar;
  • maxfiylik va xavfsizlikka alohida e’tibor qaratuvchi foydalanuvchilar.

Meizu rasmiylarining ma’lum qilishicha, Meizu 18 smartfoni xuddi iPhone kabi xavfsizlik va foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, kompaniyaning ta’kidlashicha, Meizu 18’dan foydalangan inson qo‘lida iPhone qurilmasini ushlab turgandek o‘zini his qiladi.

Avvalroq Meizu o‘zining yangi modelini iPhone smartfonlariga ustiga qo‘shimcha pul to‘lab, almashtirish aksiyasini yo‘lga qo‘ygandi. Ishlab chiqaruvchi yangi Meizu 18 va Meizu 18 Pro xaridorlari o‘z iPhone’larini topshirsa, ularga juda jozibador chegirmalarni taklif etmoqda.

Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, Meizu 18 va Meizu 18 Pro’ning yangi foydalanuvchilarini 45 foizi bunga qadar Apple smartfonlarini ishlatgan foydalanuvchilar hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone egalariga Meizu 18 modelini bepul sinab ko‘rish tavsiya etilmoqda