19:19 / 30.04.2021
2 800

Ispaniya piyodalar yo‘lakchasidan elektr ola boshladi


Foto: «I-flashdrive.ru»
Ispaniyaning Barselona shahrida trotuar plitalari yordamida elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshlandi. Yangi qoplama quyosh panellaridan iborat, deb yozadi The Guardian.

Gloriyes tumanidagi kichik bog‘da yaratilgan maxsus qoplamali yo‘lakcha tabiiy yorug‘likni qabul qilib, uni elektr energiyasiga aylantiradi. 50 kvadrat metr maydon yiliga 7,5 ming kilovatt ishlab chiqaradi. Ushbu miqdordagi elektr energiyasi uchta uyni elektr bilan ta’minlashga yetadi.

Ekologik trotuar o‘rnatish uchun shahar budjetidan 30 ming yevro ajratildi, qolgan xarajatlar ishlab chiqaruvchi tomonidan qoplandi. Yo‘llarning energiya samaradorligi va chidamliligi olti oy davomida sinovdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng rasmiylar tashabbusni davom ettirish to‘g‘risida bir qarorga kelishadi.

«Eskirganligini baholashimizga to‘g‘ri keladi. Garchi ular o‘ta chidamli bo‘lsa ham, tomlardagi quyosh panellariga o‘xshamaydi. Rentabellik nuqtai nazaridan, bunday panellar katta maydonni qoplasa, o‘rnatish qancha arzonga tushishini aytish qiyin», — deya tushuntirdi Barselonada iqlimdagi favqulodda vaziyatlar va atrof-muhit o‘zgarishlari uchun mas’ul Eloy Badiya.

Badiyaning ta’kidlashicha, bunday vaziyatda aholi zichligi yuqori bo‘lganligi sababli quyoshli trotuar shahar ichkarisida foydasiz bo‘lib qolishi hech gap emas. Ustiga-ustak, «Barselona» 2050 yilga kelib chiqindilarsiz — uglerod neytral shaharga aylanmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ispaniya piyodalar yo‘lakchasidan elektr ola boshladi