23:36 / 08.05.2021
1 156

Xiaomi kompaniyasi qon bosimini o‘lchovchi hamyonbop «aqlli» soatini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi qon bosimini o‘lchovchi hamyonbop «aqlli» soatini taqdim etdi

Foto: IXBT
Xiaomi kompaniyasi o‘zining kollektiv moliyalashtirish platformasida asosiy vazifasi arterial bosimni o‘lchash bo‘lgan Hipee Smart Blood Pressure Watch «aqlli» soatlarini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Qurilmaning o‘ziga xosligi u sutka davomida arterial bosimni o‘lchaydi. Soatni Xiaomi Youpin platformasi orqali oldindan 77 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin.

Hipee Smart Blood Pressure Watch «aqlli» soatlarida ossillometrik texnologiyadan foydalanilgan, shuningdek, unda datchik ko‘rsatkichlarni yuqori aniqlikda farqlashi uchun yumshoq silikon yostiqchalar mavjud. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, o‘lchash aniqligi ± 3 millimetr simob ustunini tashkil etadi.

Foto: IXBT
Soatlar ancha qo‘pol korpusga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, og‘irligi 76 grammni tashkil etadi. Qo‘lni ko‘targanda va kaftni ko‘krakka tekkizganda arterial bosimni avtomatik o‘lchash imkoniyati mavjud. Bu menyudan kerakli bandni tanlash zaruratidan xalos etadi.
Hipee soatlari Bluetooth’ga ulanadi, quvvatlanish microUSB orqali, akkumulator sig‘imi esa oshkor etilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » Xiaomi kompaniyasi qon bosimini o‘lchovchi hamyonbop «aqlli» soatini taqdim etdi