17:16 / 20.05.2021
2 425

Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab beriladi


«Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (310-son, 19.05.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarni o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, talabgorlar bu yuzadan «O‘zbekistonning IT-iste’dodlari» portalida elektron ariza berib bepul ro‘yxatdan o‘tadi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (Ishchi organ) talabgorning arizasini zarur hujjatlari bilan birga 5 ish kunida ko‘rib chiqadi hamda taqdim qilingan xalqaro IT-sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.

Muqaddam xalqaro IT-sertifikatlarning bir turi bo‘yicha xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplangan talabgor xalqaro IT-sertifikatlarning boshqa turi bo‘yicha minimal ko‘rsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50 foizgacha bo‘lgan qismi to‘lab beriladi.

16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab berilishini so‘rab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin.

Ishchi organ talabgor hujjatlarini umumlashtirib, moliyalashtirish yuzasidan takliflarni 5 ish kuni ichida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (vakolatli organ)ga kiritadi.

Xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lmasdan turib talabgorning xalqaro IT-sertifikati olish uchun o‘quv kursiga to‘lagan xarajatlari qoplanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishchi organ tomonidan kiritilgan takliflar vakolatli organ tomonidan 3 ish kuni ichida kelishiladi.
Shunga ko‘ra, ishchi organ tomonidan 3 ish kuni mobaynida xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun tegishli pul summasini talabgor tomonidan ko‘rsatilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab beriladi