12:32 / 02.06.2021
3 607

Dunyodagi eng ommabop iPhone nomi ma’lum bo‘ldi


Counterpoin Research tahliliy kompaniyasi dunyoda qancha faol iPhone modellari borligini va ularning qaysi biri 2021 yilda eng ommalashganini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Ma’lum qilinishicha, iPhone 11 ayni vaqtdagi eng ommabop smartfonga aylangan — u umumiy ulushning 16 foizini egallagan. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
  • iPhone 11 — 16 foiz;
  • iPhone XR — 10 foiz;
  • iPhone 8 — 8 foiz;
  • iPhone 7 — 8 foiz;
  • iPhone 12 — 6 foiz.
2020 yil boshida iPhone 7 eng ommabop qurilma sifatida e’tirof etilgandi — u butun Apple smartfonlarining umumiy ulushini 13 foizini egallagan. Bir yil ichida yangi iPhone 11 vaziyatni butkul o‘zgartirib yuborib, haqiqiy bestsellerga aylanishga ulgurgan. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, u nafaqat eng ommabop iPhone’ga balki, eng ko‘p sotilgan smartfonga aylangan — hatto ayrim arzon Android modellar orasida ham.

Shu bilan birga, iPhone 11’ning raqobatchisi ham ma’lum. Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, iPhone 12 modeli o‘zidan oldingi modeldan muvaffaqiyatliroq chiqqan — 2021 yilning birinchi choragi bo‘yicha u bozordagi barcha iPhone modellarining 16 foiz ulushiga egalik qilmoqda. 2020 yilning mos davrida iPhone 11 smartfonlari 15 foizli ko‘rsatkichni qayd etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi eng ommabop iPhone nomi ma’lum bo‘ldi