22:22 / 29.06.2021
3 291

Apple sog‘liq uchun xavfli gadjetlar nomini ma’lum qildi


Foto: Getty Images
Amerikaning Apple kompaniyasi nazariy jihatdan foydalanuvchining sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan gadjetlarni sanab o‘tdi. Bu boradagi tegishli ro‘yxat kompaniya saytida e’lon qilingan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ma’lum qilinishicha, Apple’ning qator qurilmalaridagi magnitlar kardiostimulyator va defibrillyatorlar ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

«Ko‘plab maishiy elektron qurilmalar tarkibida elektromagnit maydon hosil qiladigan magnitlar yoki komponent va radiopriyomniklar mavjud», — deydi korporatsiya muhandislari.

Ichida magniti bor qurilmalar qatoridan iPhone’dan tashqari iPad planshetlari va ularning aksessuarlari o‘rin olgan — masalan, planshetga magnitlar yordamida qotiriladigan Smart Keyboard Folio klaviaturasi. Shuningdek, Apple Watch soatlari, AirPods va Beats simsiz naushniklarida ham ularni quvvatlantirgich bilan ulaydigan magnit bor.

Shu bilan birga ro‘yxatdan HomePod smart-kolonkalari va Mac kompyuterlarining barcha mavjud versiyalari, shuningdek, Apple Pro XDR tashqi monitori ham kiritilgan.

Yuqorida nomlari keltirilgan Apple gadjetlarini tibbiyot qurilmasidan kamida 15 santimetr uzoqlikda tutib turish tavsiya etilgan. Qo‘shimcha savollar yuzaga kelganda kompaniya davolovchi shifokordan konsultatsiya olishni maslahat beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple sog‘liq uchun xavfli gadjetlar nomini ma’lum qildi