12:00 / 13.07.2021
3 185

Xitoyliklar insonga o‘xshash uy robotining prototipini namoyish etdi (video)


Xitoyning UBTECH Robotics kompaniyasi inson kabi harakatlana oladigan Walker X robotini taqdim etdi. U to‘siqlarni bosib o‘tadi, «qo‘li»ga turli buyumlarni oladi va insonlarga xos ovozda muloqot qiladi. Robotning imkoniyatlari tasvirlangan video kompaniyaning YouTube’dagi kanalida paydo bo‘ldi.

Walker X’ning aniq o‘lchami noma’lum. Uning qo‘llari, oyoqlari va boshi insonniki kabi yaratilgan, shuningdek, 31 ta servomotor bilan jihozlangan. Qo‘l kafti beshta barmoqdan iborat bo‘lib, robot ularni bukkan holda turli buyumlarni ushlashi yoki butilka qopqog‘ini ochishi mumkin.

Shu bilan birga, robot ko‘tara oladigan predmetlarning maksimal og‘irligi 2,7 kilogrammni tashkil etadi.

Walker X avtonom holatda o‘ziga tanish bo‘lgan va yangi joylarda xarita (SLAM) yordamida harakatlana oladi. Harakatlanishining maksimal tezligi soatiga 3 kilometr.
Bundan tashqari, robot zina orqali ko‘tariladi va qiyalik bo‘ylab yura oladi, orqasidan kimdir tursa, yiqilib ketmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyliklar insonga o‘xshash uy robotining prototipini namoyish etdi (video)