11:54 / 15.07.2021
2 912

Olimlar qo‘ziqorindan teri ishlab chiqarishni ixtiro qildilar


Finlyandiya ilmiy-texnika markazi mutaxassislari qo‘ziqorinlardan teri o‘stirish usulini ixtiro qildilar. Ekologik toza material ishlab chiqarish uchun ular mitselyum tolalaridan foydalanadilar. Bu haqda VTT texnik tadqiqotlar markazi portali ma’lum qildi.

Teri mitseliyumning filamentli tolalaridan olinadi, bu ulkan tarmoq bo‘lib, odatda yer ostida joylashgan bo‘ladi. Olimlar teri sifatida foydalansa bo‘ladigan, bardoshli material yaratish uchun uning rivojlanish jarayonini modernizatsiya qildilar.

Mitseliyadan ekologik material ishlab chiqarish imkoniyati ikki yil oldin ma’lum bo‘lgan. Ammo keyinchalik loyiha mualliflari mitseliyumning yetarli darajada o‘sishini ta’minlashning iloji yo‘qligi sababli o‘z ishlarining to‘liq hajmiga erisha olmagandilar.

Ular mitseliyumni suyuq fermentatsiya qilish texnologiyasini ishlab chiqdilar, buning natijasida uni bioreaktorlarda yetishtirish mumkin bo‘ldi.

Ushbu texnologiya yordamida qo‘ziqorin terisini ishlab chiqarishni tijorat darajasiga chiqarsa bo‘ladi. Materialning ishlab chiqarish tezligi daqiqada bir metrga teng bo‘lib, uning yordamida oyoq kiyimlari va aksessuarlar tayyorlash mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar qo‘ziqorindan teri ishlab chiqarishni ixtiro qildilar