14:10 / 16.07.2021
2 840

Yandeks.Brauzer xorij tilidagi videoni rus tiliga o‘girishni o‘rganib oldi


Foto: «Yandex»
«Yandeks» yangi ishlanmasi — videoni mashina tarjima qilish prototipini taqdim etdi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, bunaqa texnologiya dunyoda hali yagona bo‘lib, mashina tarjimasi, biometriya, nutqni aniqlash va sintez qilish texnologiyalarini o‘z ichiga olgan.

Ushbu ishlanma Yandeks.Brauzerda qo‘llaniladi: foydalanuvchilar istalgan xorij tilidagi videoni real vaqt tartibida kadr ortidagi tarjima orqali tomosha qilishlari mumkin. To‘g‘ri, hozircha bitta — ingliz tili bo‘yicha funksiya ishlashni boshladi, bu haqda «Yandeks» vakillari «Ferra.ru»ga ma’lum qilishgan.

Rossiya IT-giganti texnologiya ustida ishlarni davom ettirishga va’da bergan, keyinchalik qaysi tildagi roliklarni tomosha qilish faqat foydalanuvchilarning ixtiyorida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yandeks.Brauzer xorij tilidagi videoni rus tiliga o‘girishni o‘rganib oldi