Foto: «REUTERS / Cnsphoto». Tezligi 600 km/soat bo‘lgan poyezd, Xitoy, Sindao.
Xitoyda tezligi soatiga 600 km.ga yetadigan poyezd namoyish etildi, deb xabar bermoqda Xinhua davlat axborot agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur poyezd ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi quruqlik transporti modeli hisoblanadi.
Poyezdning asosiy xususiyati magnitli yo‘lakcha bo‘lib, u shovqinni kamaytiradi va harakat paytida temir yo‘l yuzasiga tegmaslikka imkon beradi.
«Poyezd o‘ntagacha vagondan tashkil topishi hamda 100 dan ortiq yo‘lovchini tashishi mumkin», — deydi loyiha bosh muhandisi Din Sansan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 1500 km.gacha masofaga sayohat qilish uchun eng maqbul yechim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi