Foto: IXBT
Xitoyning elektromobil ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Xpeng kompaniyasi o‘zining uchuvchisiz boshqariladigan Xpeng X2 uchar avtomobili prototipini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.
Xpeng X2 avtonom uchar avtomobil taqdimoti Shanxay avtosalonida bo‘lib o‘tgan. Xpeng X2 o‘zidan oldin yaratilgan, vertikal ravishda uchish va qo‘nishni amalga oshirishga qodir to‘rtinchi avlod Voyager X1’ning davomchisi hisoblanadi. Voyager X1 hozirgacha Xitoyda 10 mingdan ortiq sinov parvozlarini amalga oshirgan.
Foto: IXBT
Xpeng X2’ning og‘irligi 360 kilogramm bo‘lsa-da, u 560 kilogrammgacha yukni tashishga qodir. Qurilma havoda 35 daqiqagacha parvoz qilib, soatiga 130 kilometr tezlikda harakatlana oladi. U potensial to‘siqlarni aniqlovchi turli datchiklar bilan jihozlanadi.
«Xpeng X2 nima sababdan uchar avtomobil deb atalishi aniq emas — uning hatto g‘ildiragi ham yo‘q. Aftidan, ishlab chiqaruvchi buni qo‘shimcha e’tibor jalb etish uchun amalga oshirmoqda. U shunchaki yo‘lovchi va yuk uchun kabinaga ega kvadrokopter ko‘rinishida», — deyiladi xabarda.
Foto: IXBT “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi