Foto: LG Electronics
LG kompaniyasi mikrofon va karnayli himoya niqobi PuriCare Wearable’ni ishlab chiqdi. Niqobning seriyali ishlab chiqariluvchi variantida LG Dual ventilatorlarini harakatga keltiruvchi elektromotor o‘rnatiladi. Ventilatorlar ishlashi unumdorligi foydalanuvchining nafas olishi jadalligiga bog‘liq bo‘ladi.
Niqob yuzga zich yopishib turadi, undagi VoiceON texnologiyasi evaziga suhbat vaqtida ovozni balandlatishga hojat bo‘lmaydi. Tizim foydalanuvchi suhbatlashishni boshlaganini avtomatik ravishda aniqlab, mikrofon va karnaylar yordamida uning ovozini atrofdagilar eshitadigan darajada kuchaytiradi.
Niqobning og‘irligi 94 grammni tashkil qilib, qayta quvvatlanishsiz 8 soatgacha ishlashni ta’minlovchi 1000 mA·soatlik akkumulator bilan jihozlanadi. Niqob batareyasi to‘liq quvvatlanishi 2 soat vaqt oladi. LG PuriCare Wearable birinchi bo‘lib avgustda Tailandda, keyin esa qolgan davlatlarda tegishli sertifikatlashdan o‘tgandan so‘ng sotuvga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi