Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, internet tarmog‘idagi mazkur eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, ya’ni:
- «Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim»;
- «Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim»;
- «Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim»;
- «Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim» kabi mavzularda yuborish mumkin.
Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, eanticor.uz dasturiy ta’minoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Bunda, tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirda mazkur tizimda yanada qulayliklar yaratish maqsadida dastur takomillashtirib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi