11:25 / 14.08.2021
2 797

Xitoyda mashinadagi chivinlarni quvib yuborishga qodir «aqlli» tizim yaratildi

Xitoyda mashinadagi chivinlarni quvib yuborishga qodir «aqlli» tizim yaratildi
Foto: Depositphotos
Xitoyning Meizu texnologik kompaniyasi mashinalar uchun o‘zining birinchi aqlli qurilmasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Gap chivinlarni murakkab, ammo hasharotlarga qarshi radikal kurashdan faqrli usul yordamida quvib yuborish haqida ketmoqda. Uning o‘ziga xos jihati — asosan noqulaylik tug‘diradigan urg‘ochi chivinlarni zararsiz erkak chivinlardan ajratishga qodir «aqlli» tizimga egaligida, deb xabar beradi Motor.

Qurilma quyidagi tartibda ishlaydi: u avtomobil salonidagi chivinni aniqlash uchun ichkaridagi holatni kuzatadi. Shundan so‘ng, aniqlangan tasvir va ovozdan foydalangan holda tizim chivinning jinsini, shuningdek, real vaqt rejimida u turgan joyni aniqlaydi.

Agarda chivin erkak bo‘lib chiqsa, uni tinch qo‘yadi, urg‘ochi chivinni esa harkatlar zanjiri yordamida quvib yuboradi. Xususan, qurilma iqlim-nazoratning havo chiqargichlari orqali oz miqdorda repellent chiqarib, chivinni oynalarga yaqinlashtiradi. Shundan so‘ng, oyna ochiladi va konditsioner ishga tushadi.

Chivinga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan qurilma patenti iyun oyida berilgan. Avvalroq Meizu Flyme For Car nomli intellektual avtomobil tizimini yaratayotgani ma’lum bo‘lgandi. Shu orqali kompaniya avtomobil sohasida kirib borayotgan mahalliy texnologik gigantlar, masalan, Xiaomi qatoriga qo‘shilish niyatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda mashinadagi chivinlarni quvib yuborishga qodir «aqlli» tizim yaratildi