18:25 / 16.08.2021
3 019

Yaponiyada yuk mashinalari ramyon sho‘rvasining yog‘ida harakatlanishni boshladi

Yaponiyada yuk mashinalari ramyon sho‘rvasining yog‘ida harakatlanishni boshladi
Foto: Kyodo News
Yaponiyadagi Nishida Shoun transport firmasi prezidenti Masumi Nisida dizel yonilg‘iga yangi ekologik muqobil — ramyon sho‘rvasining yog‘idan foydalanishni o‘ylab topdi, deb xabar beradi Esquire.

Korxona cho‘chqa suyaklaridan tayyorlanadigan sho‘rvaning yog‘ini oziq-ovqat chiqindilari moyidan olingan yonilg‘iga aralashtiradi. Nisidaning ayrim yuk mashinalari hozirda ramyon biodizelida harakatlanmoqda, sentabrdan boshlab kompaniyaning barcha — 170 yuk mashinasi shu kabi usuldan foydalanishga o‘tadi.

Masumi Nisidada ramyon sho‘rvasidan foydalanish g‘oyasi 2013 yilda paydo bo‘lgan. Unga ramyonlar tarmog‘ining operatori murojaat qilib, sho‘rva qoldiqlarini yo‘q qilishga qo‘shimcha pul to‘lashga majbur bo‘layotganini aytgan. Shunda 74 yoshli Nisida oshxona sharoitida sho‘rvadan yog‘ni ajratib olish qurilmasini yaratgan.

Ayni vaqtda Masumi Nisidaning kompaniyasi 2 mingga yaqin restorandan yog‘ va chiqindi moylarini sotib olib, ulardan kuniga 3 ming litrgacha yonilg‘i ishlab chiqarmoqda.

«Avvaliga kimyo borasida hech narsaga tushunmas edim, barchasi tajriba va xatoliklar orqali qilindi. Biroq ekologiyaga yetayotgan zarar muammosi ortdi, shuning uchun men rivojlandim va bu o‘z mevasini berdi», — deydi tadbirkor.

O‘simlik yog‘laridan olinadigan biodizel yonilg‘i ancha ekologik bo‘lib, ko‘plab davlatlarda foydalaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada yuk mashinalari ramyon sho‘rvasining yog‘ida harakatlanishni boshladi