22:36 / 18.08.2021
3 028

Xitoy fazoda quyosh energiyasini yig‘ib, uni Yerga jo‘natish ustida ish olib bormoqda

Xitoy fazoda quyosh energiyasini yig‘ib, uni Yerga jo‘natish ustida ish olib bormoqda
Xitoy hukumati fazodan quyosh energiyasini olish dasturini rivojlantirishda katta ilgarilashga erishganini ma’lum qildi. Ushbu dasturdan maqsad kunbo‘yi quyosh energiyasini yig‘ib, ularni to‘lqinlarga aylantiruvchi va so‘ngra Yerdagi qabul qiluvchi qurilmalarga jo‘natuvchi orbital elektr stansiyalar yaratish hisoblanadi.

Xitoyda ta’kidlanishicha, 2021 yil oxirida ushbu daastur doirasida energiyani uzoq masofalarga to‘lqin ko‘rinishida uzatish bo‘yicha sinovlar boshlanadi.

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, sinovlar Chunsin shahrida o‘tadi. Loyiha ustida ish olib borayotgan olimlar energiyani 300 metrga uzatishga muvaffaq bo‘lishgan. Keyingi bosqichda ular Yerdan 20 km balandlikda quyosh energiyasini yig‘uvchi uchish qurilmasidan energiyani uzatishga harakat qilib ko‘rishadi. Bundagi murakkabliklardan biri uzatishda yo‘qotishlardan qochish hamda kuchli nur bilan Yerga ziyon yetkazmaslik uchun energiya kuchli fokuslashtirilgan tutam ko‘rinishida va aniq uzatilishi kerak.

Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, orbital quyosh elektr stansiyalari energiyani 36 ming km uzoqlikka jo‘nata oladi. 1 MVt quvvatga ega ilk elektr stansiya orbitada 2030 yilda paydo bo‘lishi kutilmoqda. 2049 yilgacha esa ushbu stansiya yoki yana boshqa bir nechta stansiya quvvati 1 GVtgacha yetkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy fazoda quyosh energiyasini yig‘ib, uni Yerga jo‘natish ustida ish olib bormoqda