16:20 / 25.08.2021
2 510

«Xiaomi» kompaniyasi «Mi» brendidan voz kechadi

«Xiaomi» kompaniyasi «Mi» brendidan voz kechadi
Foto: «Global Look Press»
Xitoy kompaniyasi ikki asosiy brendi — «Xiaomi» va «Redmi»ni rivojlantirishda davom etadi, deb xabar berdi «Profil». Kompaniya vakiliga ko‘ra, birinchi brend «texnologik yuksalish va foydalanishning premial tajribasi»ni ifodalaydi, ikkinchi brend ostida nisbatan arzon narxlanuvchi hamda yoshlarga yo‘naltirilgan mahsulotlar taklif etiladi.

Kompaniyaning brendlash tizimi 2021 yilning uchinchi choragidan o‘zgartiriladi, deb yozmoqda «The Verge» portali. Ta’kidlanishicha, tez orada ikki brend «Xiaomi» ekotizimi va IoT-mahsulotlarida tatbiq etilishi boshlanadi.

«Mi» brendi o‘qilishi va talaffuzi osonligi bois asosan G‘arb bozorlarida foydalanilib kelingandi. Endi bunga hojat qolmadi: «Xiaomi» tanilib ulgurdi, qisqartmadan voz kechiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Xiaomi» kompaniyasi «Mi» brendidan voz kechadi