21:05 / 03.09.2021
3 217

Germaniyada kelajak velosipedi ixtiro qilindi (foto)

Germaniyada kelajak velosipedi ixtiro qilindi (foto)
Foto: «Electrek»
Nemis olimlari zanjirsiz elektr velosipedlar uchun haydash tizimi prototipini namoyish qilishdi. Bu haqda Electrek nashri xabar bermoqda.

Schaeffler kompaniyasi elektron velosipedlar uchun innovatsion haydash tizimini taqdim etdi. Free Drive kashfiyoti velosipedning pastki karetkasiga o‘rnatilgan generator va pedallardan iborat. Pedallarni bosish orqali haydovchi mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi generatorni ishga tushiradi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, generatorda zanjir, kamar yoki kardan vali bo‘lishi shart emas. Shu tariqa, orqa g‘ildirak va pastki karetka o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulovchi mexanizm yo‘q. Generator pedallarning qarshiligini kerakli yoki tanlangan pedal harakatiga qarab o‘zgartirishi mumkin. Agar velosipedchi pedallarni yetarlicha bossa va harakat qilishdan ko‘ra ko‘proq energiya hosil qilsa, elektronika uni velosiped akkumulatoriga yo‘naltiradi.

Free Drive, shuningdek, batareyani zaryad qilishning yana bir usulini hosil qiladigan regenerativ tormozlashni ta’minlaydi. Dvigatel 250 vatt quvvatga ega bo‘lib, bu Germaniyada transportning mazkur turi uchun chegara hisoblanadi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizimning asosiy ustunligi an’anaviy velosipedlarda mavjud bo‘lgan sinish ehtimoli pastligidadir. Asosiy kamchiliklardan biri zanjir bilan boshqariladigan velosiped bilan solishtirganda pedalning samaradorligi 5 foizga pastdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Germaniyada kelajak velosipedi ixtiro qilindi (foto)