15:23 / 04.09.2021
1 779

NASA uchar taksini sinovdan o‘tkazishni boshladi

NASA uchar taksini sinovdan o‘tkazishni boshladi
Foto: Joby Aviation
NASA kelajak transportiga aylanishi mumkin bo‘lgan uchar taksini sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Joby Aviation kompaniyasining ixtirosini sinovdan o‘tkazish 10 sentabrga qadar davom etadi va Kaliforniyada joylashgan Joby elektromobillar bazasida amalga oshiriladi. Parvoz sinovlari NASA tomonidan baholanadi.

Uchar apparat eVTOL nomiga ega bo‘lgan. Ushbu samolyotlar kelajakda insonlar va tovarlarni tashishga xizmat qiladigan istiqbolli transport vositasiga aylanishi mumkin.

NASA’ning maqsadi transport vositasining texnik tavsifiga oid ma’lumotlarni kelajakda havo makonida foydalanish mumkin bo‘lgan konsepsiyalarni modellashtirish uchun yig‘ishdan iborat. Sinov jarayonlari Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasining amaldagi qoidalari siyosatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Bu esa keyinchalik taksi-samolyotni havo makonining milliy tizimiga joriy etishga xizmat qiladi.

AQSH havo makonida mobil transport vositalarini targ‘ib qilish borasidagi ko‘p tomonlama kampaniya mamlakatning turli nuqtalarida bir necha yil davomida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » NASA uchar taksini sinovdan o‘tkazishni boshladi