11:55 / 06.09.2021
1 908

Geymerlar uchun mo‘ljallangan Red Magic 6s Pro flagmanining texnik tavsifi oshkor bo‘ldi

Geymerlar uchun mo‘ljallangan Red Magic 6s Pro flagmanining texnik tavsifi oshkor bo‘ldi
Foto: TENAA
6 sentabr kuni geymerlar uchun mo‘ljallangan yangi Red Magic 6s Pro flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tadi, ammo hozirda TENAA regulyatori tomonidan modelning asosiy texnik tavsiflari oshkor qilingan, deb xabar beradi IXBT.

Red Magic 6s Pro modeli Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 6,8 dyuymli OLED-ekranga ega bo‘ladi. Kadr chastotasi ko‘rsatilmagan, ammo u 120 yoki 144 gers bo‘ladi, sensorli qatlam chastotasi esa — 720 gers. Geymerlar uchun mo‘ljallangan smartfonning yon tomonlariga klavishlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning chastotasi 450 gersga teng.

Ma’lumotlarga ko‘ra, apparat bir kristalli Qualcomm Snapdragon 888 Plus operatsion tizimi bazasiga va uch xil variantdagi xotiraga ega: 8/128, 12/256, 16/512 gigabayt. Frontal kamerasi 8 megapikselni tashkil etadi, asosiy kamera sifatida 64, 8 xa 2 megapikselli datchiklardan foydalanilgan.

Shuningdek, smartfon sozlanadigan RGB «podveska», 120 vattli tezkor quvvatlanish funksiyali sig‘imi 4380 mA/soat akkumulator va Android 11’ga ega bo‘lgan. Qurilma korpusining qalinligi 9,5 millimetrni, og‘irligi esa 215 grammni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Geymerlar uchun mo‘ljallangan Red Magic 6s Pro flagmanining texnik tavsifi oshkor bo‘ldi