15:30 / 13.10.2021
1 741

Apple’ning yangi taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi. Unda nima namoyish etiladi?

Apple’ning yangi taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi. Unda nima namoyish etiladi?
Foto: Reuters
Apple’ning mahsulot marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Greg Jozviak kompaniyaning yangi taqdimoti qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Apple o‘zining yangi qurilmalari taqdimotini 18 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da o‘tkazadi. Mish-mishlarga ko‘ra, tadbirda yangi MacBook namoyish etiladi.

«M-seriya protsessori bazasidagi yangi unumdor maxluqlarning vaqti keldi», — deb yozadi Twitter’dagi TechnicalGruji niki ostidagi bloger. Apple’ning translyatsiyasi davomida aynan qaysi qurilmalar taqdim etilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Apple’ning bundan oldingi taqdimoti 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda kompaniyaning bir nechta yangi mahsulotlari — iPad (2021), iPad mini 6, Apple Watch Series 7, iPhone 13, iPhone 13 mini, iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max taqdim etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple’ning yangi taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi. Unda nima namoyish etiladi?