11:43 / 28.10.2021
2 786

O‘zbekistonda masofadan turib boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi (video)

O‘zbekistonda masofadan turib boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi (video)
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalardan birida masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Xususan, soha mutaxassislari tomonidan mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlari ishlab chiqilib, ular asosida yirik kalibrli pulemyot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqildi va shu kunlarda zavod sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

Qo‘mita taqdim etgan videoda ko‘rish mumkinki, pulemyotni harbiy texnikalarga ham o‘rnatsa bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda masofadan turib boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi (video)