16:33 / 20.11.2021
11 083

Bejirim va qudratli: Rossiya qiruvchisi Dubaydagi ekspertlarni lol qoldirdi

Bejirim va qudratli: Rossiya qiruvchisi Dubaydagi ekspertlarni lol qoldirdi
Beshinchi avlod Su-75 (Checkmate) eng yangi qiruvchi BAAdagi DubaiAirshow 2021 xalqaro ko‘rgazmasining yulduzi bo‘ldi.
Xorijlik mutaxassislarni parvoz tezligi va uzoqqa ucha olishi, past radiolokatsiya ko‘ruvchanlik, uchuvchisiz boshqarish imkoniyatlari va Rossiya samolyotining Amerikaning F-35 ga qaraganda raqobatbardosh narxi hayratga soldi.

Yakuniy maqsadi osmonda va dunyo bozorida ustunlikni egallash, Amerikaning F-35sini siqib chiqarish bo‘lgan Su-75 yengil qiruvchining DubaiAirshow 2021 aviasaloni ilk xorijiy namoyishi bo‘ldi. Buning uchun Checkmate mahsulotining Komsomolsk-na-Amur aviazavodida yuqori jangovar sifatli va texnik xususiyatlari mavjud.

Ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, Checkmate 2460 km/soatga tezlikni oshirishga, 7400 kg jangovar yukni tashishga, bir vaqtning o‘zida oltitachaga havo, dengiz va yerdagi nishonlarga hujum qilishga qodir. Bundan tashqari, zarbali dronlar va beshinchi avlod xorijiy samolyotlariga hujum qiloladi. Yoqilg‘i quymasdan 3000 km gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga qodir.

Beshinchi avlod Su-75 (Checkmate) Rossiya platformasi ochiq arxitekturaga ega va taxminan 20-30 mln dollarga baholanmoqda, ya’ni F-35 ga qaraganda arzonroq. Ehtimoliy xaridorlar uchun ahamiyatli argument. Boz ustiga Rossiya HKK Rossiyaning yengil qiruvchisini 2024 yilda qurollanishga olishni rejalashtirmoqda. Eslataman, Lockheed Martin kompaniyasi Amerikaning F-35 foydalanishning ko‘p yillari davomida ko‘p seriyali ishlab chiqarish uchun Pentagonning roziligini ololmadi, ya’ni rasman AQSH HQK qurollanishiga qabul qilinmagan.

“Suxoy” birlashgan aviasozlik korporatsiyasi bosh direktori Yuriy Slyusar avvalroq Komsomolske-na-Amurda yangi bir dvigatelli Su-75 qiruvchisining bir necha namunalarini ishlab chiqarish boshlanganini ma’lum qilgandi. Yetkazib berish hajmi yaqin 15 yilda taxminan 300 mashinaga baholanmoqda. Samolyot Afrika, Hindiston va Vetnam mamlakatlariga eksportga mo‘ljallangan. Ustiga ustak “aniq buyurtmachi” ma’lum bo‘lib bo‘lgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Checkmate yangi ko‘rinmas samolyoti maqbul ekspluatatsion xarajatlarga ega bo‘ladi va yigirmaga yaqin mamlakatlarda Rossiyaning to‘rtincha avlod MiG-29 qiruvchisini munosib o‘rnini oladi.

Optimizm to‘liq o‘zini oqlagan, Rosoboroneksport Dubayda turli uchar qurilmalarni yetkazib berig uchun 2,5 mlrd dollarga so‘rovlar olib bo‘ldi-ku. Bugungi buyurtmalar to‘plami – 180 dona vertolyot texnikasi – 4 milliard dollarga baholanmoqda.

Bejirim va qudrat uyg‘unligi
DubaiAirshow 2021 aviasolonida Rossiya beshinchi avlod Checkmate yangi yengil qiruvchisi yetkazib berishni Yaqin va Uzoq Sharq, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan muhokama qilmoqda. Rossiya birlashgan aviasozlik korporatsiyasi bosh direktori Yuriy Slyusar samolyot avvaliga BAA uchun ishlab chiqarilganini bildirdi. Qo‘shma Shtatlarning asabiy munosabati ma’lum, ammo Su-75 ehtimoliy buyurtmachilar uchun o‘ta jozibali. Shunday ekan amerikaliklarning xalaqit berish qo‘lidan kelmaydi.

Checkmate qurol-yarog‘lariga o‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalar “havo - havo” va “havo – sath”, boshqariladigan va boshqarilmaydigan bombalarning keng spektri, boshqa ko‘plab narsalar kiradi. Qiruvchi vazifalarni maxfiy bajarishda beshtagacha uzoqqa uchadigan raketalarni ichki bo‘lmalarida tashishga qodir. Su-75 radiolokatsion stansiya borti faol fazalangan antennali panjara bilan jihozlangan. Bu unga oltigachaga havo nishoniga hujum qilishga va 30 tagachasini ta’qib qilishga imkon beradi.

Uchuvchisiz uchish modifikatsiyasi – bu moda emas, balki qat’iy zaruriyat, taktik usullar spektrini kengaytirish, Su-75ni tarmoqli harbiy amaliyatlarda qo‘llash shartlari. Qiruvchi axborot almashish, mo‘ljalga boshqa aviatsiya majmualarini yo‘naltirish va zarbali uchuvchisiz uchar qurilmalarini o‘rganmoqda. Shu bilan birga Checkmate “aql bovar qilmas raqobatbardosh narxli”. Taqqoslash uchun, 30 million dollarga Amerika F-16 qiruvchisining taxminan yarmini sotib olish mumkin. Su-75ni arzonlashtirishga Su-35 va su-57 qiruvchilari bilan bir xillashtirish bilan erishiladi.

AQSH uchun “jiddiy zarba”
Uchish xususiyatlarining nodir uyg‘unligi, jangovar qodirligi va hamyonbop narxi Rossiyaning Su-75 bir motorli qiruvchisiga xalqaro qurollanish bozorini muvaffaqiyatli egallashiga yo‘l ochadi – 2026 yil yirik seriyalar ishlab chiqarilishi boshlanishi bilan. Yevropada Checkmate allaqachon AQSH uchun “jiddiy” zarba deb tan olindi va Su-75 tufayli Vashington “bosh og‘rig‘iga” duch kelishi bashorat qilindi. AQSH HHK uchun havodagi ustunlik “g‘oyat og‘irroq vazifa” bo‘lmoqda, uni yaqin 40 yilda “qayta ko‘rib chiqishga” to‘g‘ri keladi.

Amerikaning ixtisoslashgan nashri MilitaryWatchMagazine Rossiyaning yangi Su-75 qiruvchisini “san’at asari” deb atamoqda va hech mubolag‘asiz. Rossiyaning ishonchli va qudratli aviatexnikasi an’anaviy ravishda dunyoda ulkan talabga ega. Rossiya yuqori texnologiyali qurollarni shunchalik eksport qilmaydi – u ishlab chiqarish sirlari, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va – suverenitet ma’lumotlari bilan bo‘lishadi.

Harbiy-texnik hamkorlik liniyasi orqali buyurtma qilingan Rossiya mahsulotlari hajmi bugun 53 milliard dollarga yetadi. Yaqin yetti yilda Rossiya xalqaro bozorga 50 tagacha yangi qurollar namunalarini olib chiqishni rejalashtirmoqda, ular orasida 20 tadan ziyod aviatexnika va 10 ta havo hujumiga qarshi majmualar bor. Moskva uchuvchisiz uchar dunyo bozorining 10 foizini egallashni mo‘ljallamoqda. Buning ortidan Su-57 yo‘qolib qolmaydi, aksincha Rossiya mudofaa sanoati majmuasining tashrif qog‘ozi bo‘ladi, munosib ravishda Rossiya Federatsiyasi ittifoqchilari va hamkorlarining mudofaa qobiliyatiga, tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bejirim va qudratli: Rossiya qiruvchisi Dubaydagi ekspertlarni lol qoldirdi