15:28 / 27.11.2021
4 167

2021 yilda eng ko‘p sotilgan smartfonlar aniqlandi

2021 yilda eng ko‘p sotilgan smartfonlar aniqlandi
Foto: «Mobiltelefon»
IDC kompaniyasi 2021 yilning o‘tgan uch choragida jahon bozorida qaysi smartfonlar eng ko‘p sotilganini aniqlashtirdi.

Qiziqarli top-5 shakllandi: bitta samsungni hisobga olmaganda, hammasi — ayfonlar.

Demak, 2021 yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni hozircha — iPhone 12. Shuncha ayfon orasida hamyonbop Samsung Galaxy A12 ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi pog‘onalarda faqat Apple smartfonlari: iPhone 11, iPhone 12 Pro Max, iPhone 12 Pro. Guvohi bo‘lyapmizki, ayfonlarning 13-turkumi hali kuchli beshlikka kirishga ulgurmagan. Albatta, bu ularning taqchilligi bilan ham izohlanadi.

Bir yarim yil avval iPhone 11 eng ommalashgan smartfon edi. O‘shanda ikkitadan Redmi va Samsung telefonlari top-5ga kirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2021 yilda eng ko‘p sotilgan smartfonlar aniqlandi