1 747
Twitter va Facebook Pekin qarashlarini ilgari surgan 2,5 mingdan ortiq akkauntni o‘chirdi
Foto: AP
Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlari Pekinning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tarqatgan 2,5 mingdan ortiq akkauntni o‘chirdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Twitter Xitoyning Shinjonda inson huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etish bilan shug‘ullangan 2 mingdan ortiq akkauntni o‘chirgan. Bu akkauntlar Shinjonda olingan videoroliklarni joylashtirgan. Ularda bu joy “farovonlik va erkinlik hududi” deb e’tirof etilgan.
Facebook Uilson Edvards ismli o‘ylab topilgan shveysariyalik biolog nomidan xabar tarqatgan 500dan ortiq akkauntni bloklaganini xabar qildi. Aslida mavjud bo‘lmagan olim AQSH JSSTning koronavirus kelib chiqishi bilan bog‘liq tekshiruvlariga aralashayotganini ta’kidlagan. Shveysariyaning Pekindagi elchixonasi “Uilson Edvards” ismli olim yo‘qligini ma’lum qilganidan so‘ng Facebook uning akkaunti xabar tarqatilishidan 12 soat avval ochilganini aniqlagan.
Twitter va Facebook Xitoyda bloklangan. Vashington Xitoyni Shinjonda ommaviy qatag‘onlar o‘tkazishda ayblab keladi. Pekin bu ayblovlarni rad etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?