19:58 / 02.03.2015
12 566

Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarining binolari qiyofasi yangilanadi

Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarining binolari qiyofasi yangilanadi

Toshkent shahrida 5 ta oliy ta’lim muassasasiga tegishli 20 ta ob’ektda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Davlat jahon tillari instituti hududida katta miqyosdagi qurilish ishlari qizg‘in kechmoqda. Bu erdagi beshta ob’ekt hududida o‘tgan yili boshlangan ishlarni tugatish mo‘ljallangan. Bundan tashqari, yana ikkita binoning rekonstruksiya ishlari boshlanish arafasida.

Shuningdek, Toshkent Davlat politexnika universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent Davlat agrar instituti va Toshkent Davlat stomatologiya institutida ham qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘quv korpuslarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

Qolaversa, OTMlar moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2014 yilning yozida asos solingan yangi Toshkent Davlat stomatologiya institutida qayta ta’mirlash ishlari tugatilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarining binolari qiyofasi yangilanadi