8 948
O‘zbekistonliklar Islom Karimov nomini abadiylashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekistonning qaysi joylariga respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berilishi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan faol ravishda muhokama etilmoqda.
Hukumat qaroriga ko‘ra, Oliy Majlisning yuqori va quyi palatalari a’zolaridan tashkil topgan maxsus komissiya 2 sentyabrdan boshlab bir oy davomida Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston birinchi prezidenti nomini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritishi kerak.
Ushbu takliflar aholi, tashkilot va muassasalar, ta’lim maskanlari va keng jamoatchilik fikrini hisobga olishi shart.
Sputnik muxbiri Toshkent ko‘chalarida bo‘lib, ushbu borada aholining fikri bilan yaqindan tanishdi. Toshkentliklarning aksariyati Islom Karimov nomini “Toshkent” yoki “Samarqand” xalqaro aeroportiga berish tarafdori. Dunyoda bunday misollar juda ko‘p, masalan AQShdagi Kennedi aeroporti yoki Turkiyadagi Otaturk aeroporti.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Islom Karimov nomini prezident vafoti arafasida ochilgan O‘zbekistondagi birinchi yoysimon ko‘prikka, Toshkent xalqaro aeroportiga yoki Toshkent shahridagi metro bekatlaridan biriga berish fikrlarini bildirmoqda.
Toshkent markaziy ko‘chalaridan yoki bog‘laridan birini Islom Karimov nomi bilan atash variantlari ham bildirilgan.
Shu bilan bir vaqtda, o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi poytaxt markazida Islom Karimovga bag‘ishlangan yodorglik va muzeydan tashkil topgan xotira majmuasi qurishni taklif qilishmoqda.
O‘zbekiston yoshlari Karimov nomini Toshkent OTM va stadionlaridan biriga berish fikrini bildirmoqda. Bir guruh tashabbuskorlar esa prezident ertalab ishxonaga kechqurun esa shahar tashqarisidagi qarorgohiga doimo o‘tib turgan bir necha ko‘chalarga Islom Karimov nomi berishni taklif etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi