12:17 / 06.09.2016
16 925

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishli poezd chipta narxlari ma’lum bo‘ldi

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishli poezd chipta narxlari ma’lum bo‘ldi

2016 yil 5 sentyabrdan boshlab yangi 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab «O‘zbekiston» yo‘lovchi poezdining muntazam harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmatining ma’lumotiga asoslanib Carzone.uz yozmoqda.

Poezd Toshkent markaziy vokzalidan soat 08:05da jo‘nab ketib, Andijon vokzaliga soat 14-05da etib boradi hamda Andijon vokzalidan soat 15:25da yo‘lga chiqib, Toshkent markaziy vokzaliga 21:25da etib keladi.

Poezd yo‘l davomida Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlaridagi vokzallarda to‘xtaydi.

Poezd vagonlari 3 xil toifaga bo‘lingan: Econom — 45 000 so‘m, Business klass — 68 000 so‘m va VIP klass — 130 000 so‘m.

60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yangi yo‘lovchi poezdi haqidagi batafsil ma’lumotlarni 1005 qisqa raqamidan olish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishli poezd chipta narxlari ma’lum bo‘ldi