11:24 / 07.09.2016
7 077

Prezidentning o‘qituvchisi: “Islomjonda Amir Temurning shijoati bor edi”

Prezidentning o‘qituvchisi: “Islomjonda Amir Temurning shijoati bor edi”

Avvalroq, shoir Muhammad Ismoilning O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bolaligi, xususan, o‘quvchilik yillari bilan bog‘liq hikoyasini e’tiboringizni taqdim etgan edik. Muhammad Ismoil maktabni oltin medalga bitirgan Islom Karimovning hech qachon 4 baho olmaganini alohida e’tirof etgan edi. Unda keltirilgan o‘qituvchi Halim Abdurahmonovning Faxriy yorliq ortiga yozib qoldirgan gaplari Prezident Islom Karimovning maktabda o‘qib yurgan kezlarida ham boshqalardan ajralib turganidan dalolat. Muhammad Ismoil o‘z hikoyasini davom ettirar ekan quyidagilarni ilova qildi.

— Keksa ustoz Halim Abdurahmonovning o‘quvchi Islomjonni bu qadar e’zozlashining boisi nimada?, – deya so‘radim maktab direktori Sayyora Malikovadan.

— Albatta, o‘qituvchi sinfda hammaga birday qaraydi. Hammaga birday ta’lim tarbiya beradi. Lekin hammaga birday mehr berolmaydi. Chunki, birovni birovga mehr bog‘lashi Xudodan. Halim Abdurahmonov Islomjonni ko‘rsatib, bu bolada bir xislat bor, hech kimda yo‘q bir fazilat bor, shu bolani Xudoga yoqadigan bir jihati bor, deya hamisha aytib yurarkanlar. Bir kuni odamlar, u qanday fazilat deya, so‘rayvergach, bir bo‘lgan voqeani aytib bergan ekanlar. 1952-1953 yillar, hali Stalin tirik paytda, Islom Abdug‘anievich 8-sinfni bitirib, yozgi ta’tilni tugatib, sinfdoshlari bilan Shahrisabzga borishni maqsad qiladi: “Mana shu tog‘ning narigi tarafida Shahrisabz shahri bor. U erda buyuk sarkarda bobom Amir Temur hazratlari tavallud topgan. Men o‘sha joylarni ziyorat etishim shart”, deydi. Tabiiyki, u paytlarda Amir Temurni ziyorat qilish tugul, nomini aytishga odamlar qo‘rqardi. Islom bu haqda sinfdoshlariga aytganda, sinfdoshlari tum-taraqay qochib ketadi. Men ham Islomjonni omon saqlash uchun uni yo‘ldan qaytarishga rosa urindim, yalinib yolvordim, qo‘rqitdim, do‘q-po‘pisa qildim, ammo barcha harakatlarim zoe ketdi. Islomjon o‘sha yozda Shahrisabzga yayov borib keldi. Men bu haqda gap chiqmasligiga qancha harakat qilsam ham butun maktab bu voqeadan voqif bo‘ldi.

Men Islomjonni mardligiga tan berganman. Islomjon bobosi Amir Temurni ardoqlardi, unda Amir Temurning shijoati bor edi, shu sabab ham Islomjonni Amir Temurning ruhi bir umr qo‘llab kelgan bo‘lsa ajab emas.

Muhammad Ismoil, shoir:

— Xudo shohid, ushbu so‘zlarni Sayyora Malikovadan qanday eshitgan bo‘lsam shundayicha so‘zma-so‘z yozayapman. Hozir yig‘idan boshqa, to‘g‘ri so‘z yozishdan boshqa hech narsa ko‘nglimga sig‘maydi. Bu so‘zlar mening bo‘ynimdagi qarz so‘zlar edi. Muhtaram Prezidentimiz tirikliklarida bu so‘zlarni yozishim kerak edi. Ammo istihola qilganman. Kelinglar, tirikligimizda bir-birimizdan mehrimizni ayamaylik, muhabbatimizni izhor qilishdan tortinmaylik.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentning o‘qituvchisi: “Islomjonda Amir Temurning shijoati bor edi”