18:43 / 11.09.2016
7 230

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning «Orzu layneri» ilk xalqaro reysni amalga oshirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning «Orzu layneri» ilk xalqaro reysni amalga oshirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Boeing 787-8 samolyoti Olmaota aeroporti qabul qilgan ilk Dreamliner bo‘ldi., deb yozmoqda "Kun" nashri.

Milliy aviakompaniyaning «Orzu layneri» 9 sentyabr kuni soat 19:00da Toshkent aeroportidan uchib, Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportiga muvaffaqiyatli ravishda qo‘ndi.

Aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yangi laynerni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari, aeroport rahbariyati, mahalliy vazirlik va idoralar, OAV vakillari kutib olgan.

«Olmaota xalqaro aeroporti Boeing-787-8 Dreamliner rusumidagi samolyotni ilk marotaba qabul qildi va xizmat ko‘rsatdi», — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini 5 sentyabridan boshlab ekspluatasiya qila boshladi.

5—6 sentyabr kunlari yangi layner «Toshkent — Urganch», «Urganch — Buxoro», «Buxoro — Toshkent» yo‘nalishlari bo‘ylab parvozlarni amalga oshirdi.

Dreamliner 7 sentyabr kuni ilk bor Navoiyga, 9 sentyabr kuni Nukusga uchdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning «Orzu layneri» ilk xalqaro reysni amalga oshirdi