16:59 / 09.03.2015
6 414

O‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari #NavrUZ xeshtegini jahon trendiga olib chiqishga harakat qiladi

O‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari #NavrUZ xeshtegini jahon trendiga olib chiqishga harakat qiladi

O‘zbekistonlik Twitter mikroblogi foydalanuvchilari #NavrUZ xeshtegini jahon trendiga olib chiqish maqsadida aksiya o‘tkazishni rejalashtirdi, deb xabar beradi Uz24.uz.

Aksiyada O‘zbekistondagi faol blogerlar, taniqli shaxslar hamda ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga tayyor insonlar ishtirok etadi. Shu maqsadda yangi haftadan boshlab (9 mart) poytaxtdagi Samarqand Darvoza va Next savdo markazlarida xeshteg logotipi tushirilgan stendlar o‘rnatiladi. Stendlar qarshisida istagan kishi suratga tushishi va uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashi mumkin.

Bu kabi aksiya o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari uchun ilk bora tashkil etilayotgani yo‘q. 2012 yilda Mustaqillik bayrami munosabati bilan #uzb21 hamda 2014 yilda #IrmatovBest xeshtegi jahon trendiga chiqarilgan edi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari #NavrUZ xeshtegini jahon trendiga olib chiqishga harakat qiladi