13:52 / 16.09.2016
6 146

Deputatlar davlat byudjetining ijrosini ko‘rib chiqdilar

Deputatlar davlat byudjetining ijrosini ko‘rib chiqdilar

15 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2016 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar.

Majlisda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari, soha ekspertlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar, deya xabar beradi O‘zA.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari M.Mirzaev ma’ruza qildi.

Ta’kidlanganidek, iqtisodiyotni diversifikasiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishga eng zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali uni modernizasiyalash jahon maydonida milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, hisobot davrida mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sishi 7,8 foizni tashkil etib, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi ham 6,7 foizga oshdi.

Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan faol investisiya siyosatining amalga oshirilishi o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmini 11,8 foizga va pudrat-qurilish ishlari hajmini 17,5 foizga oshirish imkonini berdi.

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profisiti va inflyasiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash orqali erishilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2016 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash haqida tegishli qaror qabul qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Deputatlar davlat byudjetining ijrosini ko‘rib chiqdilar