7 334
Markaziy saylov komissiyasi ShHTga O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklif yo‘lladi
18 sentyabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga rasmiy taklifnoma yo‘llab, 2016 yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etishga chaqirdi, deyiladi "Kun" nashrida.
ShHT tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. ShHT mamlakatlari etakchilari hindistonlik va pokistonlik hamkasblarining birlashmaning har bir ishtirokchisi uchun majburiy bo‘lgan amaldagi konvensiyalariga qo‘shilish to‘g‘risidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolagan. Hindiston va Pokistonning ShHTga qabul qilinish jarayoni 2015 yili ishga tushirilgan. Belarus, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.
ShHT 2006 yildan buyon a’zo mamlakatlardagi saylovlarda kuzatuvchilikni amalga oshiradi. 2010–2015 yillarda ShHT besh mamlakatda, shu jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi prezidentlik hamda parlament saylovlarida kuzatuvchilik qildi. O‘zbekistondagi 2015 yilgi prezidentlik saylovida ShHT kuzatuvchilari missiyasiga tashkilot Bosh kotibi D. Mezensev boshchilik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, MDH, Islom hamkorlik tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvni amalga oshirish uchun rasmiy taklifnomalar yo‘llagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi