13:11 / 19.09.2016
6 639

Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining 9 sentyabrdagi qarori bilan 2016−2018 yillarda Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.

Dasturda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, yangi sanoat korxonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, muhandislik-kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish, xom ashyo bazasini yanada taraqqiy ettirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, 2019 yilga qadar poytaxt viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 33,4 foizga oshirish belgilangan.

Hujjatda Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlarida sanoatlashish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq keltirib o‘tilgan.

Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq va Parkent tumanlarida mahalliy byudjetlarning daromat bazasini yanada kengaytirish yo‘li bilan respublika byudjetidan olinadigan subvensiyalar ulushini kamaytirish bo‘yicha maxsus «yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi