09:28 / 21.09.2016
15 165

Sh.Mirziyoyev 15 yillik muammoni hal qildi

Sh.Mirziyoyev 15 yillik muammoni hal qildi

Sh.Mirziyoyev taaluqli vazirlik va muassasalar rahbarlariga yaqin orada Yunusobod yo‘lining qurilayotgan Fayzulla Xo‘jaev va Yunusobod bekatlarini qurib bitkazishni buyurdi.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev poytaxt ma’muriyati va taaluqli muassasalarga Yunusobod yo‘lining qurilayotgan ikki bekatini yakunlash haqida topshiriq berdi, deb xabar qiladi Toshkent hokimiyati ma’lumotiga asoslangan xolda "Diydoraziz" nashri.

Ushbu ikki bekatni qurib bitkazish haqidagi gaplar oxirgi 15 yil davomida muhokama qilib kelinmoqda. So‘nggi yillarda bir necha mansabdor shaxslar Toshkent loyihalashtirish institutlari ushbu bekatlarning batafsil loyihalarini ishlab chiqa boshlagan edi.

YUNUS-RAJABIY

Agentlik xabariga ko‘ra Mirziyoyev, taaluqli vazirlik va muassasalar rahbarlariga Yunusobod yo‘lining Fayzulla Xo‘jaev va Yunusobod bekatlarini qurib bitkazishni va metroning boshqa er osti va er usti bekatlarini loyihalashtirishni topshirgan. Toshkent metrosining Yunusobod yo‘li qurilishi 1988 yilda boshlangan bo‘lib, 2001 yilning sentyabrida qurilish ishlari yakunlangan edi.

Metroning ushbu yo‘nalishi loyihalashtirish va qurishda juda murakkab bo‘lib chiqdi, chunki metro tuneli va bekatlari joylashgan joylar kanallar va Bo‘zsuv ko‘li ostiga to‘g‘ri keldi. Undan tashqari metro qurilishiga o‘tgan ko‘plab injener kommunikasiyalar ham xalal berdi.

Bugungi kunda ushbu metro yo‘nalishining asosiy muammosi uning Yunusobodning aholi gavjum yashaydigan mavzelarigacha etib kelmagani bo‘ldi. Shuning uchun ham yo‘lovchilarning ko‘p qismi yo undan umuman foydalanmaydi yoki faqat tranzit maqsadlarda foydalanadi. Metro yo‘nalishini aholi ko‘p yashaydigan mavzelargacha etkizish – shahar avto transportini ancha yengillashtirish imkonini bergan bo‘lar edi va asosiysi – metropolitenning rentabelligini sezilarli darajada oshadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sh.Mirziyoyev 15 yillik muammoni hal qildi