10:58 / 10.03.2015
9 283

14-15 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi

14-15 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi

14-15 mart kunlari butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi vazirlar Mahkamasining buyrug‘i 7 mart kuni chiqarilgan.

Bu hashar mart va aprel oylari davomida o‘tkaziladigan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida tashkil etiladi.

Buyruqqa ko‘ra, hashar davomida mahallalarda aholi turar joylari, do‘konlar, ko‘p qavatli uylar va hovlilar, mahallalar markazlari, xiyobonlar, ko‘chalar, yo‘laklar, ariqlar va bolalar maydonchalarida tozalash hamda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Bu kunlarda barcha mahallalar va aholi turar joylarida istiqomat qiluvchilar mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlarini o‘tqazishib, yashil hududlar tashkil qilishadi.

Shuningdek, bu kunlarda boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Hasharchilar barcha texnik vositalar bilan ta’minlanishadi.

Hashar doirasida ishtirokchilar xayriya maqsadida ko‘ngilli ravishda muhtojlarga yordam tariqasida o‘zlarining bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘ni “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berishlari mumkin.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 14-15 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi