O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ravishda jihozlanmagan transport vositalarini boshqarganlik uchun jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur tuzatishlar to‘g‘risidagi qarorni 2016 yil 23 sentyabr kuni Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentyabrdan kuchga kiradi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Kodeksning yangilangan 125-moddasiga muvofiq, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutisi, favqulodda to‘xtash belgisi, yorug‘lik qaytaruvchi nimcha va qonunda belgilangan tartibda shishani sindirish uchun bolg‘acha bilan jihozlanmagan transport vositasini boshqarish – haydovchiga eng kam oylik ish haqining yarim baravarida jarima solishga asos bo‘ladi. (1 oktyabrdan 74887,5 so‘mni tashkil etadi).
Bundan tashqari, motosiklni boshqarish qoidalariga rioya qilmay, maxsus bosh kiyimisiz motosikl boshqarish – eng kam oylik ish haqining beshdan bir qismi miqdorida (1 oktyabrdan — 29955 so‘m) jarima solishga asos bo‘ladi. Bu qoida moped haydovchilarga ham tegishli ekani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!