O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik Kodeksi va Jinoyat Kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldirildi. O‘zgartirishlar shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi me’yorlarni ko‘zda tutadi. Kodekslarga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. Bu haqda "Kun" nashri «Xalq so‘zi» va «Narodnoe slovo» gazetalariga asoslanib xabar bergan.
Tuzatishlar 24 sentyabrdan boshlab kuchga kirdi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksining 46-moddasiga ko‘ra, fuqaroning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot to‘plash, uning shaxsiy yoki oila siri bo‘lgan ma’lumotlarni uning roziligisiz tarqatish eng kam ish haqining 10 baravardan 40 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat Kodeksining 141-moddasiga muvofiq, xuddi shunday harakatlar eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq jazosi bilan jazolashga sabab bo‘ladi.
Og‘ir oqibatlarga olib kelgan, g‘arazli maqsadda yoki xavfli residivist tomonidan amalga oshirilgan shunday harakatlar uchun eng kam ish haqining 100 dan 200 barobarigacha jarima yo 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish choralari qo‘llaniladi.
Shunday harakatlarni sodir etgan shaxs aybiga iqror bo‘lib, jabrdiyda bilan yarashgan va etkazilgan zararni qoplagan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi